Янгиликлар /

BEKS: Ronaldu «Yunayted»ga qaytishi kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Devid Bekxem Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaga qaytishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Yunayted» muxlislari hamon Krishtianu Ronalduni sevishadi. U dunyoning eng yaxshi klubi safida yuqori cho‘qqalarni zabt etdi va buyuk futbolchi ekanini isbotladi.

U haqiqiy mehnatkash va aynan mehnat evaziga u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylandi.

Agar Ronaldu «Real»ni tark etishga qaror qilsa, «Yunayted»ga qaytishi kerak. Afsus, men o‘z vaqtida «MYu»ga qaytish imkoniga ega bo‘lmaganman», — deydi Bekxem.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.