Янгиликлар /

LVG: Variantlarni ko‘rib chiqishda davom etamiz

Мақола нашр қилинди

Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal «qizil iblislar»ning hujumni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni izlashda davom etishini ma’lum qildi.

«Ko‘proq to‘p kiritishimiz kerakligini tushunaman, ammo g‘alaba uchun bitta gol farqi ham yetarli bo‘ladi. 

Albatta, bizga ijodkorlik qobiliyatiga ega va qanotlarda faol to‘p suruvchi ijrochilar nihoyatda zarur. Men bu haqda juda ko‘p bor gapirdim, ammo hozir ham shu fikrni takrorlashga tayyorman. Chunki chindan ham bizda bu borada muammoalar bor. Shunday ekan, variantlarni ko‘rib chiqishda davom etamiz», — deya Goal portaliga tayanib van Galning so‘zlarini keltiradi stadion.uz.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.