Янгиликлар /

Xayriya uchrashuvi yakunlari

Мақола нашр қилинди

14 noyabr kuni «Old Trafford» da YUNISEF tomonidan tashkil etilgan xayriya uchrashuvida Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoasi Jahon yulduzlari jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 3:1 hisobida Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoasi g‘olib bo‘ldi. Gollarni Pol Skoulz va Maykl Ouen ikki bora darvozaga aniq yo‘llashga bo‘lsa jahon yulduzlari jamoasidan yagona golga Duayt York mualliflik qildi.

Ushbu uchrashuvning asosiy tashkilotichilaridan biri Devid Bekxem uchrashuvdan so‘ng o‘z his xayajonlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barchasi ajoyib tarzda bo‘ldi! – deydi Beks. –Men alohida muhlislarga, futbolchilarga va murabbiylarga alohida o‘z minatdorchiligimni aytmoqchiman, sababi ular meni qo‘llab quvvatlab ushbu tadbirda ishtirok etishdi. Ularning qo‘llab quvatlashisiz biz bunday katta miqdordagi mablag‘ni yig‘a olmas edik».

Uchrashuv so‘ngida maydonga Bekxemning o‘g‘li Bruklin ham tushdi va bir necha daqiqa davomida o‘z otasi bilan birgalikda to‘p surdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvdan tushgan mablag‘ xayriya sifatida sarf qilinadi.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.