The Guardian nashrining yozishicha, jamoaning bir qator yetakchi futbolchilariga murabbiyning taktikalari yoqmayapti.
Bundan tashqari, futbolchilar bundan oldin ham van Gaalning vaziyatni o‘zgartira olishiga ishonch bildirmasliklari haqida aytilgandi.
Xabarda ta’kidlanishicha, jamoaning rahbariyat qarorlariga ta’sir ko‘rsata olar darajadagi obro‘li futbolchilari van Gaalning ketishini va uning o‘rniga Joze Mourinoning olib kelinishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashmoqda.
«Manchester Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvort esa van Gaalni ishdan bo‘shatib yuborishga ikkilanmoqda. Shu bilan birga Vudvord agar harakat qilinmasa, Mourinodan ham quruq qolish mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, van Gaal g‘alabalar miqdori bo‘yicha keyingi 35 yil ichida eng yomon natija ko‘rsatgan murabbiy sifatida jamoa tarixiga kirdi. «Qizil iblislar» YeChLni guruh bosqichidayoq tark etishdi, Yevropa ligasining 1/16 finali bosqichida esa birinchi uchrashuvda Daniyaning «Midtyulland» jamoasiga yutqazib qo‘ydi. Ayni vaqtda jamoa APLning 26 turidan keyin 41 ochko bilan 5-o‘rinda joylashgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.