Янгиликлар /

LVG: Yana yutqazishimiz mumkin emas

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Shryusberi» klubiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirar ekan, raqiblarga qo‘rquv soladigan jamoaga aylanish kerakligini aytib o‘tdi.

«So‘nggi ikkita o‘yindan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, raqiblar bizdan qo‘rqmay qo‘yishganini tan olish zarur. Ammo biz ularni yana bizdan qo‘rqishga majburlashimiz zarur».

«O’tgan mavsumda «MYu» debyut o‘yinida Suonsi»ga yutqazib qo‘yganidan keyin ajoyib o‘yinlar namoyish qilgandi. Biz buni takrorlay olamiz. Bizga yana g‘alabali o‘yinlar seriyasi kerak».

«Men bu haqida futbolchilarimga aytib o‘tdim. Davomiy tarzda yutqazishimiz mumkin emas», — deydi Lui van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.