Янгиликлар /

Mourino «MYu» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan

Мақола нашр қилинди

Joze Mourinyu «Manchester Yunayted»da Lui Van Galning o‘rnini egallash borasida og‘zaki kelishuvga erishgan, deya xabar tarqatdi Manchester Evening News.

Manbaga ko‘ra, ushbu kelishuv hech qanday dastlabki shartnoma orqali o‘z aksini topmagan. Kelishuv og‘zaki xarakterga ega. Lui van Galni iste’foga chiqarish masalasi borasida qaror qabul qilingan. Mourino esa «MYu» bosh murabbiyligi unga nasib etishiga ishonmoqda.

Yagona masala, mazkur almashuv qachon amalga oshishida. «Qizil iblislar» ijrochi direktori Ed Vudvord yozgacha kutishni afzal bilayotgan bo‘lsa, portugaliyalik mutaxassisning agenti Jorje Mendesh murabbiyning tezroq ishga kirishishini istamoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.