Янгиликлар /

LVG: Kin va Bortvik-Jekson jarohat oldi

Мақола нашр қилинди

 «Shrusberi Taun» jamoasi ustida 3-0 hisobida g‘alaba qozongan «qizil iblislar» tarkibidagi an’ana yana davom etdi. Yani jamoaning ikki a’zosi Uill Kin va Kemeron Bortvik-Jekson uchrashuvda jarohat olib safdan chiqishdi.

«Aqil bovar qilmaydi! Kin jarohat olishidan avval Bortvik-Djeksonni jarohati sabab almashtirgan edik, va shuningdek Djessi Lingard ham uchrashuv oxirlarini og‘riq bilan o‘tkazdi.Men Mata va Antoniga biroz dam olish imkonini berish umidida ularni almashtirgan edim, yakunda esa biz yangi jarohatlarni ortirib oldik. Bunday holatga tushish qiyin, o‘ylashima barchasiga, tig‘iz o‘yinlar jadvali sababchi» — deydi van Gal uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida .

Van Gal shuningdek David De Xea holati borasida izoh berib o‘tdi.

«Men hali aniq bilmayman, David payshanbada maydonga tushishi mumkinmi. Uning jarohati yengil, va biz vaziyatni ko‘rib biror qaror chiqvarishimiz mumkin, shundagina uning asosiy tarkibga qaytishi borasida biror narsa aytish mumkin».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.