Manchester Evening News nashri jurnalisti Semyuel Lakxerst BBC Radio 5 da bergan ma’lumotiga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati ma’lum qismi jamoaga Joze Mourino kelishidan norozi ekanligini ta’kidlagan.
Lakxerstning so‘zlariga ko‘ra jamoaning bir qator direktorlar kengashi a’zolari, shu qatori ser Aleks Fergyuson ham jamoaga portugaliyalik mutaxassisni kelishidan norozi.
«Ser Bobbi Charlton, ser Aleks Fergyuson va xatto Devid Gill ham «Manchester Yunayted» ning kelgusi murabbiyi Mourino bo‘lishini istashmayapti. Rahbariyatning ko‘pchilik a’zolari Rayan Giggz nomzodini qo‘llab quvatlashmoqda. Xozirgi holatda jamoa muhlislari esa bosh murabbiylik Giggz uchun qyin vaziyat deya bahalashmoqda».
«Ed Vudvord fikriga ko‘ra esa hozirgi holatda Mourino «Manchester Yunayted»ni tartibga keltirish uchun eng muhim tanlov ekanligini aytmoqda» — deydi Semyuel Lakxerst.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.