«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya kubogining 1/8 final doirasida «Shrusberi Taun»ga qarshi uchrashuvidan (3:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun o‘yinimizdan to‘liq qoniqish hosil qildim. 70 daqiqa mobaynida biz ajoyib futbol namoyish etdik, professionallarcha harakat qildik, vaziyatlar yaratdik va gollar kiritdik. Keyin esa o‘n kishi bo‘lib qolganimiz uchun o‘yinni oxirgi qismini o‘tkazish biroz murakkabroq bo‘ldi».
«Bizni yana jarohatlar aqlbovar qilmas darajada ta’qib etmoqda. Futbolchilar bor e’tiborini shu o‘yinga qaratishgandi, siz buni o‘yin davomida ham kuzatgan bo‘lishingiz kerak. Hamma har qanday vaziyatda ham «Shrusberi»ni yutishimiz kerakligini ta’kidlayotgandi. Biz uchun eng muhimi «MYu» – Angliya Kubogi chorak finalida».
«Biz barcha turnirlarda kurashni davom ettiramiz, APLda «Manchester Siti»dan atigi 6 ochko ortda qolmoqdamiz bizda bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlar ko‘p. Bu unchalik ham oson bo‘lmaydi, buning uchun hali ko‘p uchrashuvlarni yutishimiz kerak. Bularning barchasi real holat», – deya ta’kidladi van Gaal.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.