Янгиликлар /

Jamoa yangi direktorini tanishtiradi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» tez kunlarda jamoaning yangi direktorini tanishtiradi. U ishlarda Ed Vudvordga yordamlashadi deya xabar bermoqda The Sun nashri.

Yangi direktor sifatida Piter Kaudjill ish boshlashi kutilmoqda. JD Sports sport imperiyasini asoschilaridan bo‘lgan 62 yoshli Kaudjill umri davomida «Manchester Yunayted» jamoasining muhlisi bo‘lib kelmoqda va jaxon futboli namoyondalari bilan yaxshi aloqada.

Nashir xabarida aytilishicha Ed Vudvord bu haqida Gleyzerlar oilasi bilan Floridada bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida kelishib olgan.

Kaudjill «Manchester Yunayted» ning uy uchrashuvlariga doimiy tashrif buyurib turadi va jamoaning direktorlar kengashi a’zolari ser Aleks Fergyuson va Devid Gill bilan yaxshi tanish.

Kaudjillning sobiq xamkasblarining so‘zlariga ko‘ra u o‘ziga xos dinamik xusiyatga ega shaxsdir.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.