The Sun nashri xabar berishicha hakamlar komiteti raisi Mayk Rayli FIFA ga Angliya Kubogi doirasida «Shrusberi» jamoasiga qarshi uchrashuvda Xuan Mata tomonidan kiritilgan gol masalasida murojat yubordi.
Eslatib o‘tamiz, jarima to‘pi tepilayotgan vaqtda «Yunayted» ning uch nafar a’zosi passiv o‘yindan tagshqari holatda turgan holda raqib darvozaboning oldini to‘sib qo‘yishgan edi, yakunda esa ushbu holat gol bilan tugallangan va uni bosh hakam hisobga olgan edi.
Shu sababli Rayli Halqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi va FIFA qo‘mitasidan ushbu holat bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish borasida maslahat so‘ragan.
Xabarga ko‘ra, Premer Liga vakillari ushbu holat borasidagi javobni bugun olishi kutilmoqda, va Rayli qaror yuzasidan keyinchalik shunday vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri qaror chiqarish borasida hakamlar uchun konsultatsiya o‘taydi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.