Янгиликлар /

Pol MakGinnes akademiyani tark etdi!

Мақола нашр қилинди

«Yunayted»ning sobiq o‘yinchisi va murabbiysi bo‘lgan Uilf MakGinnesning o‘g‘li Pol 1992 – yildan boshlab «Manchester» akademiyasining murabbiylar tarkibiga qo‘shilgan va u futbol olamida katta iste’dodlarni kashf qilgan. Aynan uning murabbiyligi davrida yoshlar jamoasi 2011-yildi Angliya chempionati kubogida g‘olib bo‘lgan.

Pol jamoani tark etishi haqidagi qarorini shunday izohladi:

«Otam Uilf dek men ham jamoani boshqardim va endi 28 yil deganda «Yunayted» yoshlar jamoasini topshirmoqdaman, bu vaqt ichida turli xil lavozimlarda ishladim, bu men uchun katta sharaf bo‘ldi»

Bu ishimga men hayotimni bag‘ishladim, masalan boshida jamoada o‘yinchi bo‘lib faoliyatimni boshlaganman, keyin esa mutahhasislik bo‘yicha ta’lim oldim, bir qancha vaqt ichida akademiyada yordamchi lavozimida ishladim va ko‘p narsalarni o‘rgandim, 21 yoshimda bosh bo‘limda professional sifatida ishladim va nihoyat yoshlar joamoasiga murrabbiylik qila boshladim.

Men doim Aleks Fergyusson janoblariga buning uchun rahmat aytaman, sababi u menga barcha orzularimni ro‘yobga chiqishiga yordam berdi, boshida u meni «Yunayted» jamoasini o‘yinlarini sifatini yaxshilashni uchun xarakat qilishimni so‘radi va 23 yil davomida jamoa murabbiylari safida ishlashimga sababchi bo‘ldi. Ko‘p yillar ichida Ser Aleks bilan birga yonma-yon ishlab ancha narsalarni undan o‘rgandim.

Ish faoliyatim davomida ko‘pgina esda qolarli vaziyatlar bo‘lgan ayniqsa 2011-yilda bo‘lib o‘tgan yoshlar kubogini va Myunxen fojealarini ko‘p eslayman.

Lekin hammasidan ko‘proq menga o‘z jamoam bilan ishlash menga yoqar edi. Jamoadagi faoliyatim davomida 86 ta o‘yinchi asosiy tarkibda o‘ynay boshladi va 23ta o‘yinchi o‘zlarining yurtlaridagi milliy terma jamoalarga ishtirok etish uchun chaqirildi, bu esa o‘z navbatini men uchun katta sharaf bo‘ldi.

Endi esa xozirda men uchun qolgan hayotimda qilinishi kerak bo‘lgan, boshqa futbolga oid rejalarim bor, buning uchun esa jamoani tark etishim kerak.

Va so‘ngida shu yillar mobaynida «Karrington» va «Old Trafford»dagi barcha insonlardan do‘stona munosabatda bo‘lib va professional darajadagi faoliyatlari uchun hammaga minnatdorchlik bildiraman. «Yunayted»dagi barcha hamkasblarimga omad tilayman. 

«Yunayted»ning ijrochi direktori Ed Vodvord:

«Pol jamoaning eng zo‘r sodiq xizmatchilardan biri edi. Jamoadagi barcha unga omad tilab qoladi va futboldagi faoliyati undan ham yuqoriroq cho‘qqilarga erishishiga umid qilamiz.

Direktorlar kengashi uni shu yillar ichida qilgan barcha xizmatlaridan minnatdor. Jamoaga huddi Poldek munosib murabbiy kelishi qiyin.»

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.