Янгиликлар /

Darmian mashg‘ulotlarga qaytdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining Italiyalik himoyachisi Matteo Darmian yana mashg‘ulotlarga qaytdi.

 Angliya Premer Ligasining 26-turida «Sanderlend» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olib safdan chiqqan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha futbolchining yelkasi chiqib ketgan ekan.  Shu sababli italiyalik futbolchi jamoasining Yevropa Ligasidagi va Angliya Kubogi doirasidagi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi.

 Bugun esa Mateo Darmian o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida quyidagicha xabar qoldirdi: «Yana mashg‘ulotlarga qaytmoqdaman»

 Futbolchi payshanba kuni Yevropa Ligasidagi «Mityulland» jamoasiga qarshi kechadigan javob uchrashuvini ham o‘tkazib yuborishi va APL ning 27 turidan o‘rin olgan «Arsenal» jamoasiga qarshu uchrashuvda maydonga qaytishi kutilmoqda.  

On the road back to training!!! — @ManUtd pic.twitter.com/gqbatZwcoU

— Matteo Darmian (@DarmianOfficial) 24 февраля 2016
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.