Янгиликлар /

Balage: Hech qanday shartnoma imzolanmagan

Мақола нашр қилинди

Taniqli ispaniyalik jurnalist Gilem Balage ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted» klubi va «Chelsi» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘q.

«Men buni har hafta takrorlab kelyapman — hozircha «MYu» va Joze Mourino o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘q. Portugaliyalik murabbiy lageridan kelgan ma’lumotga ko‘ra, u boshqa jamoani tanlashi mumkin.

Ayrim OAV Lui van Gal va «Manchester Yunayted»ga bosim o‘tkazish maqsadida Mourinoning nomini ishonch bilan tilga olmoqda.

Agar murabbiyni hozir taklif qilishmasa, u boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu o‘yin va bosimning bir qismi. Shuningdek, Mourino ba’zi tanishlaridan foydalanishi mumkin. Masalan, Massimo Moratti.

«MYu» va Mourino o‘rtasida qaysidir darajada uchrashuv bo‘lib o‘tgani aniq, ammo tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv bo‘lmagan, hech qanday shartnoma imzolanmagan», – deya yozdi Balage o‘zining blogida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.