Янгиликлар /

Makneyr va Lav «Sanderlend»da!?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi himoyachilari Patrik Makneyr va Donald Lav faoliyatini «Sanderlend»da davom ettiradi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub futbolchilarni ijaraga olmoqchi emas va ularni to‘laligicha sotib olmoqchi.

«Sanderlend» bosh murabbiyi Devid Moyes Manchesterda ishlagan vaqtida ikki futbolchi bilan yaxshi tanish bo‘lgan. 

Makneyr uchun «Sanderlend» 5 mln funt, Lav uchun esa 1 mln funt to‘lashni rejalashtirgan.

Ta’kidlash kerakki, Makneyr o‘tgan mavsumda «MYu» safida barcha mucobaqalarda 9ta uchrashuvda ishtirok etgan bo‘lsa, Lav «Uigan»da ijara asosida to‘p surgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.