Янгиликлар /

YeCHL formati o‘zgarishi mumkin

Мақола нашр қилинди

UEFA Chempionlar ligasining yangi loyihasi ustida ish boshladi. Ushbu yangilik 2018 yildan joriy qilinishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.

Formatga ko‘ra, musobaqada saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmaydi. Angliya, Germaniya, Ispaniya va Italiyaning 4ta klubi guruh bosqichida kafolatlangan o‘ringa ega bo‘lishadi. 

Shuningdek, Rossiya, Fransiya va Portugaliyaning 2 jamoasi, Shveysariya, Belgiya, Niderlandiya, Turkiya, Ukrainaning bittadan klubi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Yana 5 ishtirokchi esa “pley – off” o‘yinlari orqali aniqlanishi rejalashtirilmoqda. Nomzodlar qay yo‘l bilan tanlanishiga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, katta tarixga ega bo‘lgan klublar turnirda maxsus taklifnoma orqali ishtirok etishi varianti ko‘rib chiqiladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.