Янгиликлар /

MakNeyr va Lav jamoni tark etdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti xabar berishicha Patrik MakNeyr va Donald Lav «Sanderlend» jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

MakNeyr asosiy jamoa tarkibida 27  uchrashuvda maydonga tushgan. Lav esa 21 yoshgacha bo‘lgan jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri sanalardi va Lui van Gall boshchiligidagi asosiy tarkibda ikki bora  maydonga tushgan.

«Yunayted» ning sobiq murabbiyi Devid Moyes «Sanderlend» jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgach bu ikki futbolchini o‘z jamoasida ko‘rishni istadi.

Murabbiy futbolchilar to‘g‘risida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi: «Peddi – yosh, jismoniy yaxshi futbolchi va doimiy yuksalishga xarakat qiladi. Unda Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bilan orttirgan tajriba bor».

«Donald – menga bir necha bor taklif qilishdi, u ham juda yosh va iqtidorli futbolchi. U jamoamizda yanada yuksalishga erishadi degan umiddaman. Biz jamoaga yosh futbolchilarni qo‘shishni istagan edik va buni amalga oshirdik».

 «Manchester Yunayted» rasmiy saytida jamoa rahbariyati Peddi va Donaldning kelgusi foliyatiga zafarlar tilashini ta’kidlab o‘tgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.