Янгиликлар /

Yanuzay «Sanderlend»da!?

Мақола нашр қилинди

Yaqin vaqt ichida «Yunayted»ning navbatdagi futbolchisi Adnan Yanuzay «Sanderlend» safiga qo‘shiladi.

«Qora mushuklar» rahbariyati «qizil iblislar» bilan Patrik Makneyr va Donald Lavning transferlari borasida kelishib olgan dilar. Navbat belgiyalik Adnan Yanuzayga keldi.

Manchester Evening News xabariga ko‘ra, «Sanderlend» bosh murabbiyi Devid Moyes futbolchining transferini to‘liq sotib olish taklifini bergandi, ammo manchesterliklar Yanuzayni faqat ijaraga berishini ma’lum qildi.

2013 yilda aynan Moyes «MYu»da Yanuzayni kashf qilgan edi, ammo mutaxassis jamoadan ketgach, futbolchi ko‘proq zaxiradan qoladigan bo‘ldi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.