Янгиликлар /

Nevill: «Yunayted» qaytmoqda

Мақола нашр қилинди

«Yunayted»ning sobiq sadori Gari Nevillning fikricha Pogba va Zlatan Ibrohimovichning kelib qo‘shilishi yangi mavsumda chempionlikni keltirishi mumkin.

«Ibrohimovichning «MYu»ga kelishidan ko‘p narsa kutyapman. Oxirgi uch-to‘rt yilda jamoaga salobat yetishmadi. Ibra va Pogbaning qo‘shilishi jamoada obro‘li futbolchilar bo‘lishini ta’minladi. Tarixda «MYu»da kuchli shaxslar o‘ynagan. Zlatan — klub uchun muhim transfer. Ha, klub uni faoliyatining cho‘qqisida va yaxshi yillarida olib kelmadi, ammo oxirgi ikki-uch yilda «MYu» futboli o‘zining jozibasini yo‘qotgan edi.

Polda takabburlik va o‘ziga ishonch bor. U barcha bosimlarga qaramay «Yunayted»ni tark etishga kuch topa olgan edi. Ishoning, agar sr Aleks jamoada qolishingizni istasa ketishingiz juda qiyin bo‘ladi. Bunday qilish uchun takabbur bo‘lish kerak.

«MYu»da hozir murabbiy ham kuchli va obro‘li shaxs. Bu uchlik va yana bir qancha o‘yinchilar klubga va shaharga avvalgi obro‘ni qaytaradilar», — deydi Nevill.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.