Янгиликлар /

«Yuventus» Pogbaga uy olishi uchun 5 mln yevro to‘lagan

Мақола нашр қилинди

Pol Pogbaning «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, turinliklar jamoasi ushbu futbolchini 105 million yevroga pullagan bo‘lsada, sof foyda 72,6 million yevroni tashkil qildi. Futbolchining agenti bo‘lmish Mino Rayolaga vositachilik haqqi sifatida 25 million yevro berilgan.

Yana 5 million yevro «Yuventus» tomonidan kelishuvga ko‘ra futbolchi uchun Manchester shahrida uy sotib olinishi uchun sarflangan.

Bundan tashqari, 2 million yevro Pogbaning bolalikdagi klublari — «Gavr», «Torsi» va «Royssi-an-Bri» tomonidan taqsimlab olingan.

Kelishuvga ko‘ra «Yuventus» hali yana 5 million yevroni bonus sifatida olishi mumkin. Bu Pogba «MYu» bilan mavjud 5 yillik shartnomasini uzaytirsa yoki u boshqa bir klubga 50 million yevro evaziga sotilsa ro‘y beradi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.