Янгиликлар /

Lingard: Mourinoni qattiqqo‘l deb o‘ylardim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Jessi Lingard yangi bosh murabbiy Joze Mourino haqida fikr bildirdi.

«Mourino — kuchli murabbiy. U bizning har bir mashg‘ulotimizda ishtirok etadi va bizning tirishib ishlashimizni istaydi. U har doim hazil qiladi, ba’zi futbolchilar ustidan hazillashishi mumkin.

Uni qattiqqo‘l deb o‘ylar edim. U bizni qattiq ishlatayotgan bo‘lsa ham, xayoli ish bilan bo‘lsa ham biz bilan hazillashishni unutmaydi.

Unda daraja bor, muhit uning atrofiga qurilgan, ammo uning oldiga borib xohlagan narsangiz haqida gaplashishingiz mumkin, u yordam berishga harakat qiladi», — deydi Lingard.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.