Янгиликлар /

Yanuzay «Sanderlend» tarkibida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Adnan Yanuzay mavsum so‘ngiga qadar «Sanderlend» jamoasiga ijaraga berildi deya xabar bermoqda «qizil iblislar» ning rasmiy sayti.

Endlikda 21 yoshli belgiyalik futbolchi «Yunayted» ning sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes qo‘l ostida to‘p suradi. Bundan avval «qizil iblislar» ning ikki a’zosi Peddi MakNeyr va Donald Lav «Sanderlend» jamoasi bilan shartnoma imzolagan edi.

Yanuzay mavsumning ilk turida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yanuzay o‘tgan mavsumning dastlabki qismini Germaniyaning «Borussiya D» jamoasida ijara asosida o‘tkazgan edi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.