Янгиликлар /

«UzReport TV» APL o‘yinlarini havola qilib boradi

Мақола нашр қилинди

13 avgust kuni Angliya Premer-ligasi bahslariga start beriladi. «UzReport TV» telekanali yangi mavsumda ham Angliya chempionati o‘yinlarini teletomoshabinlar e’tiboriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda havola qilib boradi.

Jumladan, 13 avgust kuni soat 16:30da «Xall Siti» – «Lester» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin namoyish qilinadi.

Shu kuni soat 21:30da esa «Manchester Siti» «Sanderlend»ga qarshi bahs olib boradi. Bu uchrashuv ham telekanalimiz orqali «jonli» efirda translyatsiya qilinadi.

14 avgust kuni muxlislar soat 17:30da «Bornmut» – «MYu» hamda 20:00da «Arsenal» – «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

15 avgust kuni soat 00:00da «Chelsi» – «Vest Xem» o‘yini bilan 1-turga yakun yasaladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.