Янгиликлар /

Koul: Mourino «MYu»da bu ishni qilmasa kerak

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubining sobiq hujumchisi Endi Koul yangi bosh murabbiy Joze Mourino haqida o‘z fikrlarini bayon qildi.

«Mourino falsafasida «himoyaga avtobus qo‘yish» degan gap bor, biroq u «MYu»da bu ishni qilmasa kerak. Umid qilamanki, jamoa Fergyuson davriga xos bo‘lgan hujumkor va sermahsul o‘yinga qaytadi.

Buni «MYu» muxlislari ham xohlamoqda. So‘nggi ikki yilda jamoa o‘ziga xos bo‘lmagan futbolni namoyish etgandi. Endi Mourino kelishi bilan raqiblar bizdan cho‘chiydi» — dedi Koul.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.