Янгиликлар /

Mourino APLni g‘alaba bilan boshladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining dastlabki turida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Mankunianliklar safarda «Bornmut»ni mag‘lubiyatga uchratishdi. 

Birinchi bo‘lim nisbatan zerikarli o‘tdi, darvozalar oldida deyarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi. Bo‘lim tugashi arafasida mezbonlar himoyachisi Frensis bir vaziyatning o‘zida ikkita xatoga yo‘l qo‘ydi. Dastlab, u to‘pni o‘z darvozaboniga yetkazish chog‘ida Mataga berib qo‘ydi, biroq darvozabon Xuanning oyog‘iga tagiga tashlanib, to‘pni olib qoldi, ammo to‘p yana Frensisning oyog‘iga tegib, bo‘sh darvoza qarshisida yolg‘iz qolgan Mataga bordi. Gol!

Ikkinchi bo‘limni manchesterliklar faol boshlashdi va tezda ikkita gol urib olishdi. Dastlab, Valensiya o‘ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatma berdi. Marsialning zarbasi darvozabon maydonchasi chizig‘i ustida turgan Runi uchun uzatma bo‘lib chiqdi. Ueyn bosh bilan darvozani ishg‘ol qildi. Zlatan Ibrahimovich tomonidan 25 metrlardan yo‘llangan zarbani «Bornmut» posboni qaytara olmadi. To‘p olis burchakka kirib ketdi. 

O‘yin tugashiga 20 daqiqa qolganida mezbonlar bitta javob to‘pini kiritishdi. Adam Smit jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qilgan holda bir himoyachini aldadi va kuchli zarba bilan De Xeani dog‘da qoldirdi.

Shu tariqa, portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino «MYu» boshqaruvida APLning ilk o‘yinida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.