Янгиликлар /

Mourino: Chempionlik uchun kurashamiz

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasining yangi mavsumga rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«To‘g‘risini aytsam, o‘yindan oldin biroz asabiylashdim, bu narsa hatto katta tajribali inson uchun ham normal holat. «Old Trafford»ga «Real» bilan kelganimda ser Aleks Fergyusondan «O‘yin oldidan hozir ham asabiylashasizmi?» deb so‘raganimni unutmayman. U «ha» deb javob bergan edi.

Chempionlik uchun kurashayotganimiz hammaga ma’lum. G‘olib chiqamizmi, yo‘qmi, bu boshqa masalar. Biz o‘z maqsadimizni yashirmaymiz va imkoniyat qolguncha kurashamiz.

Agar chempionlik uchun matematik imkoniyatlarimiz qolmasa, to‘tirnchi o‘rin haqida o‘ylaymiz. To‘rtinchi o‘rin ham o‘tgan mavsumdagi natijadan yaxshiroq bo‘ladi, bu yaxshi, ammo biz «yaxshi»da ko‘prog‘i — chempionlik uchun kurashamiz», — deydi Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.