Янгиликлар /

Pogba: Chempionlar ligasiga qaytishni xohlaymiz

Мақола нашр қилинди

Pol Pogba «Sautgempton»ga qarshi kechadigan Angliya chempionatining 2-tur o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bu haqida yaxshisi murabbiydan so‘rang, men bu yerda o‘zimni yaxshi his etmoqdaman, oxirgi 10 kun va ta’til vaqtida mashg‘ulotlar o‘tadim, shunday ekan men tayyorman.

Shunchaki,  futbol o‘ynashdan baxtiyorman va men uchun qancha pul sarflashgani haqida o‘ylamayapman. Nima bo‘lgan bo‘lsa ham u tarixda qoldi, endi Premer-ligada g‘olib bo‘lishni o‘ylayapman. Mening maqsadim har doim eng zo‘ri bo‘lish.

Bundan tashqari, Chempionlar ligasiga qaytishni xohlaymiz, bizning joyimiz o‘sha yerda» – deydi Pogba.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» klubi 23-yoshli fransuzni» Yuventus»dan sotib olish uchun 105 mln yevrodan voz kechgan va bu futbol tarixida yeng qimmat transfer hisoblanadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.