«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay «Sanderlend»ga ijaraga o‘tganini izohladi.
«Yana maydonga tushib futbol o‘ynayigan vaqtimni intiqlik bilan kutyapman — aynan shuning uchun bu yerga keldim. Ijara menga o‘zimni ko‘rsatish uchun imkoniyat beradi.
Bu yerda bo‘lib turganimdan xursandman, bizda yaxshi jamoa, juda yaxshi murabbiylar va albatta, ajoyib muxlislar bor. Moyes bilan birga ishlashni intiqlik bilan kutyapman.
Men erkinlik va ishonchni sevaman, shunda o‘zimni ko‘rsatishim oson bo‘ladi», — deydi Yanuzay.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.