Янгиликлар /

Pirlo: Butun jamoa bo‘lib kulganmiz

Мақола нашр қилинди

«Yuventus» klubining sobiq yarimhimoyachisi Andrea Pirlo Pol Pogbaning «Manchester Yunayted» klubiga qaytishi to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon qildi.

«2012 yil Pogba «Yuventus»ga kelib, birinchi mashg‘ulotda qatnashganida, butun jamoa bo‘lib kulganmiz. Sababi, «MYu» shunday qobiliyatli futbolchini bepul qo‘yib yuborganiga ishonmaganmiz. Bilishimcha, «Yuventus»da bu voqea ustidan hozirgacha kulishadi.

Buni aniq eslayman, mashg‘ulotdan so‘ng kiyinish xonasiga yo‘llanganimizda, Buffon menga: «Nahotki ular bu yigitni bepul qo‘yib yuborishgan bo‘lsa?» — degan». Endi esa «Yuve» uni katta pulga sotishga muvaffaq bo‘ldi» — dedi Pirlo Football365 xabarida.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.