Янгиликлар /

Ibrahimovich: Natija uchun o‘ynayman

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasining shvesiyalik hujumchisi keksayishga shoshilmayapti.

«Men «Yunayted»ni kimdir rad eta olishiga ishona olmayman. Bu top klublardan biri. Men o‘z vaqtida «Barselona», «Yuventus» va «Milan»da o‘ynadim, ammo hozir oldinga yana bir qadam tashladim, deb o‘ylayman. Buyog‘i qanday bo‘lishini ko‘ramiz. «MYu»da qancha vaqt qolishimni oldindan aytib bo‘lmaydi. Balki ikki yil, balki uch yildan ham ko‘pdir. Men natija olib kelish uchun o‘ynayman.

Odamlarga Zlatan qiziqarli. Mening oilam bor, ammo maydonga tushgan paytda boshqa narsalarni yig‘ishtiraman. Men shunchaki o‘zimga ishonaman va o‘zimda bo‘lmagan narsaga urinmayman», – deydi Ibrahimovich The Telegraph nashriga bergan intervyusida.

Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted»ga yozgi transferlar arafasida erkin agent sifatida kelgan edi.

34 yoshli forvard ikki marta Niderlandiya, olti marta A Seriya, bir marta Ispaniya chempionati va to‘rt bor Fransiyada chempionlikni ko‘lga kiritgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.