Янгиликлар /

Mourino Balotelli bilan uchrashdi!?

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Liverpul» hujumchisi Mario Balotelli bilan uchrashib, gaplashib olgan. Bu haqda  Calciomercato xabar bermoqda. 

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, «Manchester Yunayted» Balotelliga qiziqish bildirmagan, faqat Mourino sobiq shogirdi bilan uchrashib, unga o‘z maslahatlarini bergan.

Portugaliyalik murabbiy Balotelliga eng avvalo o‘z tarbiyasiga e’tibor berishini hamda pulning ketidan quvmasdan, maoshi kamaysa-da, boshqa klubda asosiy tarkibda o‘ynashi lozimligini tushuntirgan. 

Avvalroq Balotelliga «Sampdoriya», «Beshiktosh», «Ayaks» va «Kevo» jamoalari qiziqish bildirgan, ammo futbolchi ular bilan kelisha olmagan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.