Янгиликлар /

Mourino: Bayi safga qaytishi muhim

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino himoyachi Erik Bayini safga qaytgani borasida fikr bildirib o‘tdi. Futbolchi «Chelsi»ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng 2 oyga safdan chiqqan edi.

«Biz uning qaytishini kutayotgan edik. Bir qator futbolchilar ketma-ket uchrashuvlarda maydonaga tushishmoqda edi, bizda boshqa tanlov yo‘q edi».

«Erik safga qaytishi – bu yaxshi yangilik, xatto u bir necha haftaga safga qaytgan bo‘lsa ham, tez orada u Afrika Kubogiga yo‘l oladi. Lekin, Yangi yil arafasidagi uchrashuvlarda u bizga juda kerak bo‘ladi. Bu muhim».

Qayd etib o‘tish kerakki, Fil Jons va Markos Roxo markaziy himoyada 5 ta o‘yindan beri to‘p surishmoqda, Erik Bayi Yevropa Ligasi doirasidagi «Zarya» jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.

    Заполняя данную форму, вы принимаете условия Соглашения об использовании сайта, в том числе в части обработки и использования персональных данных