Янгиликлар /

Mxitaryan: «Yunayted» bir qismi bo‘lish muhim

Мақола нашр қилинди

Genrix Mxitaryan «Old Trafford» dagi faoliyatining dastlabki vaqtlari omadsiz chiqishida bosh murabbiy Joze Mourino emas o‘zi aybdor ekanligini aytib o‘tdi. 

«Muammo murabbiy bilan emas, o‘zim bilan. Endi hozir hammasini tushinib yetdim, nega bunday bo‘lganini. Men nihoyat imkoniyatga ega bo‘ldim va undan foydalanishga harakat qilmoqdaman, men uchun «Manchester Yunayted» ning bir qismi bo‘lish juda muhim».

«Men «Siti» ga qarshi uchrashuvda yomon xarakat qilgan edim, shunday keyin o‘z ustimda ishlashda davom etdim. Menga yana bir imkon berilishini bilar edim. Murabbiyda mening pozitsiyamda to‘p suradigan 5-6 ta futbolchi bor,  men jamoaga qanday yordam berishim mumkinligini bilaman».

Eslatib o‘tamiz, armanistonlik futbolchi «Yunayted» ning so‘ngi to‘rtta uchrashuvning uchtasida asosiy tarkibda maydonga tushib ikki bor uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deya topildi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.