Янгиликлар /

Yevropa Ligasi 1/16 bosqich ishtirokchilari aniq

Мақола нашр қилинди

Kecha bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi musobaqasi guruh bosqichining 6-turidan keyin 1/16 bosqichga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

12 dekabr dushanba kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 Shveysariyaning Non shahrida Yevropa Ligasi 1/16 bosqich qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi va «Manchester Yunayted» ushbu bosqichda kim bilan to‘qnash kelishiga oydinlik kirtiladi.

Guruh bosqichidan chiqqan 24 jamoa tarkibiga Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni olgan 8 ta jamoa qo‘shildi va ikki saftga ajratildi.

1- savatda: «Fenerbaxche», APOEL, «Sent-Eten», «Zenit», «Roma», «Atletik Bilbao», «Ayaks», «Shaxter», «Shalke», «Fiorentina», «Sparta Praga», «Osmanlыspor», «Lion», «Tottenxem», «Beshiktash», «Kopengagen».

2-savatda: «Vilyarreal», «Xapoel», PAOK, «Krasnodar», «Genk», «Selta», «Gent», «Astra», «AZ Alkmar», «Anderlext», «Olimpiakos», «Manchester Yunayted», «Ludogorets», «Borussiya Myonxengladbax», «Rostov», «Legiya».

Nizomga ko‘ra, biri guruhdan chiqqan ikki jamoa va bir mamlakatning ikki vakili ushbu bosqichda to‘qnash kelmaydi.

Uchrashuvlar 2017 yilning 16 va 23 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Guruhda birinchi bo‘lib chiqqan jamoalar dastlabki uchrashuvni mehmonda javob bellashuvini esa o‘z maydonlarida o‘tkazishadi.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.