Янгиликлар /

Odessaga 19 nafar futbolchi boradi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti Yevropa Ligasi doirasida «Zarya» jamoasiga qarshi uchrashuvga yo‘l olgan futbolchilar ro‘yhatini elon qildi.

Jamoa Odessaga bugun tongda yo‘l olgan. Jarohatdan qutilib safga qaytgan Erik Bayi ham ro‘yhatga kiritilgan.

Jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik, Matteo Darmian va Antonio Valensiyaga dam olish uchun imkon bergan bo‘lsa, Lyuk Shou va Kris Smolling jarohat sababli ro‘yhatga kiritilmagan. Bastian Shvaynshtayger Yevropa Ligasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan umumiy ro‘yhatga kiritilmaganligi sababli Oddesaga yo‘l olmadi.

Odessga yo‘l olgan umumiy tarkib quyidagicha:

Darvozabonlar: De Xea, Romero, Djonston;

Himoyachilar: Fosu-Mensa, Djons, Bayi, Roxo, Blind, Yang;

Yarim himoyachilar: Fellayni, Errera, Pogba, Lingard, Mata, Mxitaryan;

Hujumchilar: Marsyal, Reshford, Runi, Ibragimovich.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.