Angliya Futbol assotsiatsiyasi Zlatan Ibragimovichni jazolashga loyiq ish qilmaganini aytib o‘tdi.
«Everton» — «Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida Ibragimovich butsisi bilan Sheymus Koulman boshiga tegib ketgan edi. Ayrim Britan OAV lari ushbu vaziyatda Zlatan ataylab shunday qilganini aytib o‘tishgan edi. Ushbu vaziyatni o‘rganib chiqqan AFA futbolchiga nisbatan xech qanday jazo tayinlamaslikni aytib o‘tdi.
Shuningdek o‘yinda Markos Roxo tomonidan amalga oshirlgan qo‘pollik ham o‘z holicha qoldi. Futbolchi raqib futbolchisining oyog‘iga bergan zarba oqibatida hakam uni sariq kartochka ko‘rsatgan edi. O’yindan so‘ng bir qator futbol ekspertlari ushbu vaziyatda Roxoga qizil kartochka berish kerak ekanligini aytishgan edi.
AFA ushbu vaziyatni ham o‘rganib chiqib futbolchiga berilgan jazo asosli ekanligini va unga boshqa qo‘shimcha jazo tayinlamaganini aytib o‘tgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.