Янгиликлар /

Ibragimovich: Ronalduda tug‘ma iste’dod yo‘q

Мақола нашр қилинди

Zlatan Ibragimovich uch o‘yinchi – braziliyalik Ronaldo va Ronaldino hamda portugaliyalik Krishtianu Ronalduni o‘zaro taqqosladi.

«O‘ylashimcha, eng kuchli – Ronaldo edi. Men uchun u – futbol timsolidir. Uning barcha harakati hayratga sabab bo‘lardi: yugurishi, uning driblingi. Ronaldo haqiqiy edi. U shunday tug‘ilgan. Bu mashqlar natijasi emas, bunday futbolchi bo‘lish mumkin emas, bunday o‘yinchi bo‘lib tug‘ish kerak. U noyob.

Ronaldino bilan biz «Milan»da o‘ynagandik, biroq bu uning faoliyati davomidagi eng yaxshi davrlar emasdi. Ammo menga u bilan o‘ynash yoqardi, u maydon bo‘ylab tinmay harakat qilar, driblinglarni ishlatar va agar xohlasa raqiblarini kichkina bolalarga aylantirib qo‘yishi mumkin edi.

Krishtianu Ronaldu haqida gapiradigan bo‘lsak, biz u bilan birga o‘ynamaganmiz. Biroq bu boshqa turdagi o‘yinchi. Uning hozirgi darajasi – tinimsiz mashqlar natijasi. Unda tug‘ma iste’dod yo‘q», — deya Ibrahimovichning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.