Янгиликлар /

Mourino: Muhlislar biz bilan biraga o‘ynashdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Midlsbro»ga qarshi kechgan o‘yin (2:1) haqida fikr bildirdi.

«Mening futbolchilarim fenomenal o‘yin o‘tkazishdi. Jamoamiz men yaxshi ko‘rgan narsa — muxlislarni maydonga taklif etishni uddalay oldi. Uchrashuvning so‘nggi 20 daqiqasida raqibning 11 futbolchisiga qarshi «Old Trafford»dagi 70 ming muxlis o‘ynadi».

«Ibragimovichning goli nima uchun bekor qilinganini faqat hakam Li Meyson biladi. U xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib turibdi. Menimcha hakamlar xato qilgach, xafa bo‘lishi ancha alamli», — deydi Mourino.

Shuningdek, murabbiy keyingi uchrashuv borasida ham to‘htalib o‘tdi.

«48 soat ichida ikkita o‘yin o‘tkazish oson emas. Bu gap «Vest Xem»ga ham taaluqli».

«Bu borada «Chelsi» ancha yaxshi holatda».

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» kecha tunda o‘z o‘yinlarini o‘tkazishdi va ertaga o‘zaro to‘qnash kelishlari lozim. «Chelsi» esa «Tottenxem» ga qarshi 4 yanvarda maydonga tushadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.