Янгиликлар /

Bayi terma jamoa safiga yo‘l oldi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» himoyachisi Erik Bayi Afrika Kubogida ishtirok etishi uchun Kot-d’Ivuar termasi safiga yo‘l oldi va shu sababli «qizil iblislar»ning 7 ta o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Bayi «Boro»ga qarshi uchrashuvda to‘liq ishtirok etdi va jamoaning «Vest Xem» ga qarshi kechadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Bu xabarni «Midlsbro» ga qarshi o‘yindan so‘ng bosh murabbiy Joze Mourino ham tasdiqladi.

 «Bayi terma jamoa safiga yo‘l oldi. U terma jamoa safiga 2 yanvarda qo‘shilishi kerak edi, biz ulardan 3 yanvarda yo‘l olishini so‘ragan ediki, lekin ular rad javobini berishdi, shu sababli u «Vest Xem» ga qarshi o‘ynay olmaydi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.