Янгиликлар /

Blind: Depay ketishi kerak

Мақола нашр қилинди

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Danni Blind fikriga ko‘ra Memfis Depay terma jamoadagi o‘z o‘rnini saqlab qolishi uchun boshqa jamoa safiga o‘tishi kerak.

«Memfis yanvarda transfer vaqtida boshqa jamoaga o‘tishi zarur. U asosiy tarkibga kira olmayapti va shu sababli boshqa qadam tashlashi kerak».

«Uning «Everton» ga o‘tishi? Ronald Kuman Memfisning yaxshi tomonini biladi va bu barchasini o‘zgarishga sabab bo‘lishi mumkin. Agar u jamoada qoladigan bo‘lsa, Memfis asosiy tarkbga kirishi juda qiyin».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Joze Mourino yaxshi taklif bo‘lsa Depay jamoani tark etishi mumkinligi borasida aytib o‘tgan edi. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.