Янгиликлар /

Mourino: Ochko va sifatli o‘yin muhim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Vest Xem»ga qarshi (2:0) APL 20-turidan keyin o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hakam tomonidan raqib futbolchisi maydondan chetlatilgani bizning o‘yinimizni og‘irlashtirdi. «Vest Xem»ning o‘yinini esa yanada og‘irlashtirdi. Biz uchun bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynayotganimiz haqida o‘ylash qiyin bo‘ldi. Raqib esa jismoniy jihatdan qiyinchilikka duch keldi».

««Vest Xem»ga hakamning qarori uchun hamdardlik bildirmayman. Chetlatish bo‘lgan vaziyatni qayta ko‘rib chiqqanim yo‘q. Ammo hakamlar qarorlari haqida gapiradigan bo‘lsak, biz — bizga qarshi chiqarilgan qarorlar bo‘yicha chempionmiz», — deydi Mourino.

Shuningdek, Joze qatorasiga 6-g‘alabani qo‘lga kiritilishi borasida ham fikr bildirdi.

«Biz rekordlar emas, ochko va sifatli o‘yin ortidan quvamiz. Bu biz uchun muhimroq. Keyingi o‘yinni yuta olishimizga ishonamiz. O’tgan hafta «Liverpul» va «Manchester Siti» o‘yinida bo‘lgani kabi, «Tottenxem» va «Chelsi» o‘yinida ochko yo‘qotiladi. So‘nggi 6 o‘yinda 18 ochko oldik. Aynan shu narsa bizga kerak», – dedi portugaliyalik mutaxassis. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.