Янгиликлар /

The Telegraph: «Everton» taklifi rad etildi

Мақола нашр қилинди

The Telegraph nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Everton» jamoasining Morgan Shnayderlin borasida bildirgan 19 million funtlik taklifini rad qilgan.

«Yunayted» rahbariyatini futbolchi uchun taklif qilingan summa miqdori qanoatlantirmagan. Jamoa rahbariyati futbolchini qimmatroq baholamoqda.

Joze Mourino ham avvalroq futbolchi uchun yaxshiroq taklif bo‘lsa bemalol qo‘yib yuborishi mumkinligini aytib o‘tgan edi..

Dekabrda «Vest Bromvich» Shnayderlin uchun 13 million funt taklif qilanda ham rad javobini olgan edi. Tez orada «Everton» va «Vest Bromvich» futbolchi uchun yana bir bor yangi rasmiy taklif bilan chiqishlari kutilmoqda. 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.