Янгиликлар /

Mata va Reshford

Мақола нашр қилинди

«Vest Xem» ga qarshi uchrashuvning ikki qahramoni Markus Reshford va Xuan Mata o‘yindan so‘ng jurnalistlar savollariga javob qaytarishdi.

«Bu juda ham jiddiy o‘yin bo‘ldi, xuddi vaziyatlar bo‘lib, undan foydalanmaydigandek. Quvonarlisi, men Markusning xarkatidan so‘ng to‘pni darvozaga yo‘llay oldim, keyin esa yana bir to‘p kiritib uch ochkoni qo‘lga kiritdik».

Reshford rasman uchrashuvning eng yahshi o‘yinchisi nomiga sazovr bo‘ldi. Uchrashuv haqida Reshford quydagilarni bildirib o‘tdi.

«Murabbiy menga oddiygina barcha imkoniyatlarimni ishga solib qanot himoyachiga imkoniyat qoldirmasligimni so‘radi. Gol yuzaga kelgan vaziyatda men qarasam Xuan qanotga yaqin ochiq zonada ekan, quvonarlisi u ushbu kombinatsiyani yaxshi yayaknlay oldi va gol urdi».

«Hozirda jadvalning yuqori qismida haqiqiy kurash bormoqda, ikkinchi va oltinchi o‘rin orasida katta ochko yo‘q. Biz o‘zimizda ishonchni his qilmoqdamiz, va o‘yindan o‘yinga shu yo‘ldan borishga, va yuqoriga intilish uchun har qanday bosimni yengib o‘tishga harkat qilamiz».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.