Янгиликлар /

Ibragimovich Marsyalni ortada qoldirdi

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» hujumchisi Zlatan Ibragimovich Premer Liganing 20-turidan o‘rin olgan «Vest Xem»  ga qarshi o‘yinda (2:0) gol urib o‘ziga xos natijaga ega bo‘ldi.

 Unga ko‘ra Zlatan ushbu mavsumda o‘zi ishtirok etgan barcha musobaqalardagi 28 o‘yinda raqib darvozasini 18 bora ishg‘ol qildi.

 «Yunayted» ning o‘tgan 2015/16 mavsumidagi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Marsyal 17 ta gol urgan edi. Ibragimovich esa 28 ta o‘yindayoq  Marsyalning natijasidan ham yaxshirok ko‘rsatgich qayd etdi. Hali oldinda ko‘plab o‘yinlar borligini hisobga oladigan bo‘lsak, Ibragimovich bu ko‘rsatgichni yanada yaxshilashi mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.