Янгиликлар /

Bolt MUTV ga qo‘ng‘iroq qildi

Мақола нашр қилинди

To‘qqiz karra olimpiya chempioni sprinter Useyn Bolt «Manchester Yunayted»ning «Midlsbro» ustidan qozongan g‘alabasidan so‘ng, «qizil iblislar»ni tabriklash uchun MUTV efiriga qo‘ng‘iroq qildi.

MUTV boshlovchisi Mendi Xenri yamaykalik sportchini tanimadi va ehtiyotkorlik bilan qo‘ng‘iroq qilganni «Yamaykadan Useyn» deb tanishtirdi.

Ko‘rsatuvdan so‘ng u haqiqiy Bolt qo‘ng‘iroq qilganiga ishonmaganini aytdi. Keyinroq «MYu» muhlisi bolgan sprinter «Tvitter» orqali o‘zi qo‘ng‘iroq qilganini e’lon qildi.

 

A win that felt so good even @UsainBolt felt compelled to ring #MUTVHD! #MUFC pic.twitter.com/5KDeJuLWI4

— Manchester United (@ManUtd) 31 декабря 2016 г.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.