«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Antoni Marsyal haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Marsyal «Midlsbro»ga qarshi kechgan bahsda gol kiritgan va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan edi.
«Marsyalda yulduz futbolchi bo‘lish uchun yetarlicha imkoniyat bor. U maydonga tushmoqda, vaziyatlar yaratmoqda va gol urmoqda. U kurashdi. U ulkan ishtiyoqqa to‘la edi. Antoni — yuqori saviyadagi iqtidorligini bilaman».
«Marsyal agentiga emas, menga quloq solishi lozim. U har kuni mashg‘ulot vaqtida meni eshitishi shart. Bu gap men olib boradigan tahlillarga ham tegishli. U yaxshiroq o‘ynashi uchun ham shunday qilaman».
«Mxitaryan bilan bog‘liq vaziyat har kuni rivoj topgan edi. Uning agenti menga qo‘ng‘iroq qilgan va: «Mxitaryan sen bilan yanada kuchliroq bo‘ladi, davom etaver», derdi.
«Antoni borasida esa vaziyat boshqacha. Men har kuni gazetalarda: «Marsyal «Sevilya»ga o‘tadi», «Marsyal ijaraga ketadi» va «Marsyal norozi», degan xabarlarni o‘qiyman. U eng avvalo menga quloq solishi lozim», — deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Antoni Marsyalning agenti Filipp Lamboli «Sevilya»dan tushgan taklifni o‘rganayotgani haqida xabar qilgan edi.
Янгиликлар /
Mourino: Marsyal menga quloq solishi kerak
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.