Янгиликлар /

Mourino: Agar yaxshi taklif bo‘lsa

Мақола нашр қилинди

Joze Mourino jamoa yarim himoyachisi Memfis Depay atrofidagi vaziyat haqida gapirib o‘tdi.

«O‘tgan mavsumda ham u o‘ynamagandi. Ya’ni u o‘tgan mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatgani holda, men uni bu mavsumda o‘ynayotmaganimni anglatmaydi.

Aytishim kerakki, oxirgi oylarda Memfis bo‘yicha qarorlarim uning jamoadan ketishni niyat qilgani ortidan qabul qilinmoqda. U yanvarda ketmoqchi ekanini bildirgach, agar yaxshi taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishimiz haqida gapirganman.

Agar men futbolchi ketishni istayotganini bilsam va buni his qilsam, albatta boshqa futbolchilarning rivojlanishi uchun harakat qilaman. Shu tufayli, Lingard, Mxitaryan va Marsiyalga ko‘proq o‘yin vaqti ajratmoqdaman. Men 100 foiz ishonch bildira oladigan futbolchilargina biz bilan qolishadi. Bizda ko‘p variantlar bo‘lgach, shunday yo‘l tutamiz ham», – degan Mourino.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.