Янгиликлар /

Blind: Biz hozir ajoyib formadamiz

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Deyli Blind Angliya kubogi doirasida «Reding» bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Agar sizda ayni paytda «Yunayted» da bo‘lgani kabi g‘alabali seriya davom etayotgan bo‘lsa, siz faqat pozitiv narsalar haqida o‘ylay boshlaysiz. O’ylashimcha, hozir ajoyib formadamiz va bu holatni davom ettirishimiz kerak».

«Quyi liga klubiga qarshi o‘yinda raqibga baho bera olmaslik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin, biz uyda o‘ynaymiz, raqiblarga esa biz bilan «Old Trafford»da uchrashish yoqmaydi», — deydi Blind.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.