Янгиликлар /

Runi safga qaytdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi hujumchisi Ueyn Runi jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi, deya xabar qilmoqda Mirror nashri.

31 yoshli futbolchi jarohat tufayli jamoasining Premyer-liga bahslari doirasida «Sanderlend» (3:1), «Midlsbro» (2:1) va «Vest Xem» (2:0) klublariga qarshi kechgan uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi.

Runi Angliya Kubogi 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan «Reding»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin, ammo «MYU» ustozi Mourinoning ushbu uchrashuvda yosh futbolchilarga imkoniyat berishi kutilmoqda.

«Manchester Yunayted» — «Reding» uchrashuvi 7 yanvar kuni «Old Trafford» stadionida soat 17:30 da boshlanadi

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.