Янгиликлар /

FA «Vest Xem» apellyatsiyasi qondirdi

Мақола нашр қилинди

Angliya futbol uyushmasi (FA) «Vest Xem» jamoasi yarim himoyachisi Sofian Fegulining qizil kartochkasi borasidagi apellyatsiyasini qondirdi.

Jazoirlik futbolchi «Yunayted»ga qarshi (0:2) APL 20-turi o‘yinining 15-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Feguli «MYu» himoyachisi Fil Jons bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng uchrashuvni boshqarib borgan hakam Mayk Din jazoirlik futbolchini maydondan chetlatgandi.

Sofian Feluli Angliya chempionati 21-turidan o‘rin olgan «Kristal Pelas» ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.